O‘zbekistonda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar soni ortyapti

Jamiyat

image
Xushxabar: O‘zbekiston koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi north_east

Xushxabar: O‘zbekiston koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi

Bugun, 24 sentyabr kuni O‘zbekistonda 519 holatda koronavirus infetsiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 447 nafarga yetdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Andijon, Navoiy hamda Sirdaryo viloyatlarida 609 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 53 966 nafar bemordan 50 441 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 078 nafar bemordan 548 nafari og‘ir, 469 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

903

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing