Xushxabar: O‘zbekiston koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha yangi rekordni qayd etdi
Jamiyat
−
24 Sentabr 2020
28142O‘zbekistonda koronavirusdan davolangan bemorlar va nihoyat 50 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bugun, 24 sentyabr kuni yana 398 bemor shifoxonalarni tark etdi. Ushbu virusdan sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 50 230 nafarga yetdi.
Bugun ayni paytga qadar:
• Toshkent shahrida 196 nafar,
• Toshkent viloyatida 106 nafar,
• Namangan viloyatida 60 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 19 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar,
• Navoiy viloyatida 2 nafar,
• Sirdaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 834 (+167) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 152 nafari Toshkent shahrida;
• 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Hozirda mamlakatda 3 158 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi