O‘zbekistonda odam savdosi bo‘yicha yangi institut tashkil etiladi
Jamiyat
−
31 iyul 2019
4202O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Farmonga binoan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzachi (keyingi o‘rinlarda – Milliy ma’ruzachi) instituti ta’sis etiladi. Uning funksiyalari Milliy komissiya raisi zimmasiga yuklanadi.
Quyidagilar Milliy ma’ruzachining asosiy vazifalari etib belgilandi:
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida mamlakatimiz va jahonda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida, ushbu jinoyat turiga aloqador shaxslarni tergov qilish va jazolash hamda odam savdosi qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har yili axborot taqdim etish;
mazkur sohada respublikamizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ishonchli axborotni keng jamoatchilikka va xalqaro hamjamiyatga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning diplomatik korpusi va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini jalb etgan holda ommaviy axborot vositalari uchun muntazam ravishda brifinglar tashkil etish;
odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamjamiyat bilan ushbu yo‘nalishga ixtisoslashgan tashkilotlar va huquq himoyachilari o‘rtasida samarali hamkorlik va hamjihatlikni, davlatimizga nisbatan xurujlarga qarshi tezkor chora ko‘rishni, shuningdek, mazkur sohada respublikaning xalqaro maydondagi milliy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash.
LiveBarchasi