Surxondaryoda ayol 11 yoshli farzandini 40 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
14:53 1815 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida 2014 yilda tug‘ilgan farzandini 40 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan 30 yoshli ayol 3 yil 6 oyga ozodlikda mahrum qilindi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan ayol 11 yoshli farzandini joriy yil fevral oyi boshlarida tanishib qolgan E.Sh. ga 40 mln so‘mga sotishga kelishgan. U joriy yilning 4 aprel kuni Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosining yonida farzandini E.Sh. ga berib, 40 mln so‘mdan 20 mln so‘mini olayotganda ushlangan.
Joriy yilning 24 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda ona o‘z aybiga iqror bo‘lib, ko‘rsatma bergan va farzandini moddiy qiyinchiliklar sabab sotishga qaror qilganini aytgan.
“O‘g‘lim, seni farzandlikka beryabman, sen yaxshi yashagin”, degan ayol bolasini sotishdan oldin.
Sud hukmi bilan ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida 41 yoshli ona o‘z bolasini 10 000 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi