O‘zbekistonda necha kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ikki oy mobaynida 2 million 069 ming 518 doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa, shundan 348 ming 302 kishi to‘liq bosqichlarda emlanib bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, “Sputnik V” va AstraZeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida esa to‘liq uch bosqichda emlangandan so‘ng inson organizmida yetarlicha antitela hosil bo‘lishiga erishish mumkin.

O‘zbekistonda shu kungacha:

  • AstraZeneca bilan 321 ming 906 kishi;
  • ZF-UZ-VAC2001 bilan 494 nafar kishi;
  • “Sputnik V” vaksinasi bilan esa 25 ming 902 kishi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Vaktsina

Baholaganlar

43

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing