O‘zbekistonda musodara qilingan niqoblar qiymati 718 million so‘mdan oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 31 mart holatiga ko‘ra, tibbiy niqoblarning noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq 81 ta holat aniqlandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan nazorat-profilaktika tadbirlari davomida qiymati 718,8 million so‘m bo‘lgan 216 ming 690 dona tibbiy niqob musodara qilingan.

“Huquqbuzarlardan olingan barcha niqoblar Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

tibbiy niqob

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing