Avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkinmi?

Jamiyat

image

Bir qancha talablarga rioya qilgan holda shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkin. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi shtabida Ichki ishlar vazirining Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

Avtomobilda tibbiy niqobsiz bo‘lish mumkinmi?

"Shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas), ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:

– haydovchi avtomobil salonida yolg‘iz bo‘lishi kerak;

– haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz bo‘lishi mumkin.

Ya’ni, agar haydovchi yo‘l chetida to‘xtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi bartaraf etilganidan dalolat bermaydi. Unutmang, ko‘plab insonlarning salomatligi sizning mulohazali bo‘lishingizga va santariya-epidemiologiya xavfsizligiga rioya qilishingizga bog‘liq", deydi Shohruh G‘iyosov.

Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiy niqoblarga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartirgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tibbiy niqob Avtomobil'

Baholaganlar

302

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing