Niqoblardan noto‘g‘ri foydalanish kasallanish xavfini oshiradi – mutaxassis

Salomatlik

image

Koronavirusdan himoyalanishda eng yaxshi vosita niqoblar, deya hisoblanmoqda. Ammo undan noto‘g‘ri foydalanish ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin.  Tibbiyot fanlari nomzodi Vladimir Zaysevning so‘zlariga ko‘ra, niqobni iyakka taqish mumkin emas, u burun va og‘izni yopishi zarur.

Shuningdek, u bitta niqobni maksimal bir necha soat davomida taqish mumkinligini ta’kidladi. Shifokorning aytishicha, hozirgi paytda odamlar niqoblardan sog‘lig‘ini himoya qilish, koronavirusdan saqlanish va oldini olish uchun emas, balki jamoat transportidan foydalanish va do‘konlarga tashrif buyurishda jarimaga tortilmaslik uchun foydalanmoqda. Uning fikriga ko‘ra, bu yondashuv noto‘g‘ri.

Zaysev, shuningdek, jamoat transportlaridagi tutqichni ushlab bo‘lgach, lift yoki bankomat tugmachasini bosgach, yuzga, burunga yoki ko‘zga qo‘llar bilan tegmaslik kerakligini ta’kidladi. Mutaxassisga ko‘ra, odamlarning yana bir xatosi – do‘konlarda, savdo markazlarida va boshqa jamoat joylarida qo‘llarni tozalash vositalarini kamdan-kam ishlatishidadir.

Avvalroq, Pandemiya davrida koronavirusdan himoyalanish vositalaridan biri - antiseptiklardan tez-tez foydalanishga to‘g‘ri kelayotgani, ulardan tez-tez foydalanishning salomatlikka ta’siri haqida xabar bergan edik.
 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus tibbiy niqob

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing