Sifatsiz tibbiy niqoblar fosh etilgan maxsus operatsiya o‘tkazildi 

Jamiyat

image

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda “niqob” operatsiyasini o‘tkazdi. Tezkor tadbirda yirik miqdordagi sifatsiz tibbiy niqoblar fosh etildi.

O‘tkazilgan operatsiya davomida fuqaro S.X.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu shaxs xonadonida umumiy qiymati 668,4 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan, tegishli sertifikatlari bo‘lmagan tibbiy niqoblar mavjudligi va ularni chetda qayta sotish rejalashtirilganligi aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona tibbiy niqob

Baholaganlar

155

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made