O‘zbekistonda muxolifat yo‘q emas, bor – Tanzila Norboyeva

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda muxolifat yo‘q emas, bor. Hamma joyda bo‘layotgan tanqid ham, xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin. Biroq mamlakatda muxolifat institutsional ravishda tashkil topishi uchun vaqt kerak. Bu fikrni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva AQSHga tashrifi chog‘ida mamlakatning “Amerika ovozi” nashriga bergan intervyusida bildirdi.

Suhbat chog‘ida jurnalist Navbahor Imomova investorlar O‘zbekistonda islohotlardan ko‘ra ularning tashviqotlariga e’tibor ko‘proq, jarayonlarga e’tibor hali ham past degan baholarni berishini qayd etdi. Xalqaro tashkilotlar, ayniqsa, reytinglar chiqaradigan tashkilotlar, hatto Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, O‘zbekiston bilan yaqindan ishlaydigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z hisobotlarida O‘zbekistonda siyosiy raqobat, siyosiy maydon va parlamentda muxolifat yo‘qligini aks ettirishini bildirdi. U Senat raisidan nima uchun haligacha O‘zbekistonda “real” muxolifat yo‘q degan savolga qanday javob berishi mumkinligini so‘radi.

“Muxolifat nimaga yo‘q? Mana bor-ku, hamma joyda tanqid bo‘lyapti-ku. Lekin, bu alohida institutsional ravishda tashkil topishi vaqt nuqtai nazaridan menimcha, o‘zining vaqtini topsa kerak. Hozir fikr erkinligi [bor]. Mana, internetda har kuni o‘zingiz ham kuzatasiz, parlamentga ham, rahbariyatga ham, hukumatga ham va hokazolarga ham judayam keskin fikr bildiriladi. Mana shuni o‘zi ham muxolifat emasmi? Xalqning o‘zi ham muxolifat bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi?!”, deya javob berdi Tanzila Norboyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, har qanday rivojlangan davlatda, hatto, hamma to‘q va eng rivojlangan davlatlarda ham xalq orasida norozilik bo‘lib turadi. 

“Bu normal holat deb hisoblayman”, deydi Senat raisi. 

Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, hozirda yuqori idoralar vakillari fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga javob berish uchun “pastga” tushgan.

“Hozir “tepa” “past”ga tushgan. Mana hozir OAVda kuzatsangiz, har bir vazir, Oliy sud raisi, Bosh prokuror bo‘ladimi, vazir bo‘ladimi, ular pastga tushgan. Aholi o‘rtasida “tepa”, “past” degan tushunchalar bo‘lmasligi uchun Prezident Mirziyoyev barcha amaldorlarni “pastga” tushirgan. Hamma “past”da ishlasin deyapti”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva muxolifat

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing