O‘zbekistonda maymun chechagi aniqlandimi? Otabekov javob berdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda hozirga qadar maymun chechagi qayd etilgani yo‘q. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekovga tayanib xabar berdi.

Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalaridan kelib chiqib, bu infeksiyaning mamlakatga kirib kelmasligi uchun zarur choralar ko‘rilyapti.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’ulomotlariga ko‘ra, kasallik hozirgacha 14 ta davlatda qayd etilgan. Xususan, infeksiyani yuqtirganlar soni 90 nafarga yaqinlashgani aytilyapti. Qolaversa, qariyb 30 kishi kasallikka chalinganlikda gumonlanmoqda. Qolaversa, shu kungacha o‘lim holatlari ro‘yxatga olinmadi.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, maymun chechagi deyarli barcha holatlarda hayvonlardan odamga yuqadi. Asosan endemik hududlarga safar qilgan va jonivorlar bilan muloqotda bo‘lgan kishilarda tasdiqlanishi mumkin.”, deydi Nurmat Otabekov.

Mutaxassislar fikricha, aynan maymun chechagiga qarshi emlash preparatlari mavjud bo‘lmasa-da, bir qator mamlakatlar oddiy chechakka qarshi vaksinalar orqali buning oldini olishga harakat qilmoqda.

Chunki ikki virus bir-biriga o‘xshash va shu tufayli bunday vaksinalar maymun chechagining oldini olishda taxminan 85 foizga samara berishi kutilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

maymun chechagi

Baholaganlar

1135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing