O‘zbekistonda matbuotning tizgini kimning qo‘lida?
Intervyu
−
22 aprel 2020
17447Kecha “Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) tashkiloti ning mamlakatlardagi matbuot erkinligi reytingi e’lon qilindi va O‘zbekiston o‘tgan yiligiga nisbatan 4 pog‘ona yuqorilab, ushbu reytingda 156-o‘rinni egalladi va birinchi marta Qozog‘istonni ortda qoldirdi. Ushbu reyting 180 mamlakat o‘rtasida tuzilgan bo‘lib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Qirg‘iziston (82), Afg‘oniston (122) o‘rinni qayd etgan. Xo‘sh, nima uchun O‘zbekiston ushbu mamlakatlar egallagan o‘ringa loyiq deb topilmagan?
Xo‘sh, O‘zbekiston nega bu o‘rinlarda emas? Mamlakatda matbuot erkinligining tizgini kimning yo qaysi idoraning qo‘lida? Pandemiyadan keyin OAVning taqdiri nima bo‘ladi? Inqiroz OAV faoliyatiga ta’sir qilmaydimi? Ehtimollar va ko‘riladigan choralar qanday? Shu haqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komiljon Ismoilovich Allamjonov bilan onlayn-suhbat qurdik.
Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
Intervyuda Komiljon Allamjonov ushbu xalqaro tashkilot tomonidan tuzilgan reyting haqidap fikr bildirarkan, quyidagilarni qayd etdi:
“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) tashkilotining e’lon qilgan reytingini ko‘rib, juda xursand bo‘ldik. Albatta, bu juda ham yaxshi natija. Bundan ham yazshi bo‘lishi mumkin edi. Lekin, umuman olib qaraganda, 4 pog‘onaga o‘sish bor. Reytingda o‘tgan yilda so‘z erkinligi borasida hammamiz olib borgan ishlarimiz, ko‘p yillar davomida yopiq bo‘lgan veb-saytlarning ochilishi, blogerlarga bo‘lgan erkinlik, so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha qilingan ishlarning barchasi sabab qilib ko‘rsatilgan. O‘z o‘rnida muammoli masalalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Bularning aksariyati o‘rinli muammolar va bu bo‘yicha qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Quonarli tomoni shuki, baribir o‘sish bor. MDH mamlakatlari orasida natijalarimiz yomon emas. Lekin yana takrorlab aytamanki, bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edi va mumkin”.
Reytingda nima uchun O‘zbekiston Qirg‘iziston yo Afg‘oniston yetgan natijaga erishmagan?
“Ularning o‘rnida ham bo‘lib qolamiz. Bu juda tez bo‘ladigan jarayon emas. Ikki marta ta’kidladimki, bundan ham yaxshi bo‘lishi mumkin edi. Albatta, bu borada qilinadigan ishlar ancha. So‘z erkinligiga tahdid soladigan va reytinglarda past ko‘rsatkichlarga loyiq bo‘lib qolishimizning asosiy sabablaridan biri Hukumat va amaldorlarning so‘z erkinligiga bo‘lgan munosabatiga juda bog‘liq. So‘z erkinligi reytinglari qachon yuqori bo‘ladi, qachonki, jurnalistlarimiz u yoki bu masalaga dunyoqarashi, fikri va ma’lumotlarini to‘liq yetkazib bera olsa, unga nisbatan senzura, tazyiq yoki qo‘rqituv va bosimlar bo‘lmasa... Biz reytingda 4 pog‘ona ko‘tarilganimiz, bu masalalar yengillashayotganidan dalolat. Siz aytganingizdek, 82 o‘ringa hali yetib bormabmizmi, bu hali qiladigan ishlarimiz ko‘pligidan dalolat”, deydi Komiljon Allamjonov.
Mamlakatda matbuotning tizgini kim yo qaysi tashkilotning qo‘lida? Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva nega Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan ketib, nodavlat tashkilotda ish boshladi? Gazetalarning taqdiri nima kechadi? Allamjonov raisligidagi yangi fond pulni qayerdan olyapti? Shu kabi savollarga intervyuni tomosha qilib javob topasiz.
Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ’ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi