O‘zbekistonda mansabdorlar qaysi jinoyatlarni ko‘p sodir etayotgani aytildi

Jamiyat

image

2024 yilning birinchi 6 oyida 2389 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yanvar-iyun oylarida jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 23 nafari respublika miqyosidagi xodimlar, 223 nafari viloyat miqyosidagi xodimlar, 2143 nafari tuman (shahar) miqyosidagi xodimlar bo‘lgan.

Javobgarlikka tortilgan mansabdorlarning 1467 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan. Keyingi o‘rinda 158 nafar mansabdor pora oldi-berdisi va unda vositachilik qilish jinoyati bilan qo‘lga tushgan. Firibgarlik esa 191 nafar bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Shuningdek, 104 amaldor mansab vakolatini suiiste’mol qilgan, 30 nafari hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan, 48 nafari mansab soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan, 28 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qaragan. Qolgan 363 nafari esa boshqa jinoyatlarni sodir etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatkichlar 2023 yilda 1778 nafarni tashkil qilib, mansabdor shaxslar 1804 ta jinoyat ishi bo‘yicha ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made