O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasiga “ikkinchi ona tili” iborasi kiritiladimi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rus tilining “ikkinchi ona tili” sifatida o‘rgatilishiga oid xabarlar tarqalmoqda. 

Maktabgacha ta’lim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi va bu noto‘g‘ri talqinda ekanligi hamda haqiqatdan yiroqligini ma’lum qildi. 

"O‘zbekiston maktabgacha ta’lim sohasiga “ikkinchi ona tili” degan iboraning qiritilishi va uning qo‘llanilishi rejalashtirilmagan", deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, MTTlardagi ta’lim-tarbiya jarayonida ikkinchi til o‘rganilishi ko‘zda tutilgan (til biluvchi o‘qituvchining borligi inobatga olingan holda). Ushbu ikkinchi til istalgan til, xususan, rus tili ham bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, ota-onalar istagi bilan bolalar ta’lim rus tilida olib boriluvchi va rus tilida so‘zlashuvchi guruhlarga o‘tkazilishi mumkin.

Ta’lim o‘zbek tilida olib boriluvchi guruhlarda, shuningdek, yengil, bazaviy ko‘rinishda rus tilini o‘rganish, rus tilida so‘zlashuvchi guruhlarda esa davlat tilini o‘rganish ko‘zda tutilgan.Til biluvchi o‘qituvchilar bo‘lsa – ingliz, nemis, koreys va boshqa tillar ham o‘rgatilishi mumkin.

"Ayni damda MTTlarda ikkinchi tilni o‘rgatishni yo‘lga qo‘yishda hal qilinishi muhim bo‘lib turgan masalalardan biri – bolalarni ikkinchi tilga o‘rgatuvchi mutaxassislarni tayyorlashdir. Aynan shu bois, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan kadrlar tayyorlash yo‘nalishida tinimsiz ish olib borilmoqda. Shu jumladan, ta’limni rus va ingliz tillarida olib bora oladigan mutaxassislar Toshkentdagi Puchon Universitetining filiali hamda ochilishi 2021 yilda kutilayotgan A.I. Gersen nomidagi Rossiya pedagogika universitetining filialida tayyorlanishi ko‘zda tutilgan", deya ma’lumot berilgan MTV bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

MTT ona tili

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing