Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tepib, mashg‘ulot o‘tildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmdagi bog‘cha xodimlarining bolalarni tepib, qo‘pol muomalada bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Hattoki mitti tarbiyalanuvchilarning tayoq bilan kaltaklanganini ham ko‘rish mumkin.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat Urganch tumani 23-sonli MTTda sodir bo‘lgan. Yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun tashkilotning yordamchi tarbiyachilari R.M. va A.M. ishdan  bo‘shatilgan.

Mazkur holatga Bolalar ombudsmani ham o‘z munosabatini bildirdi.

"Aniqlanishicha, voqea Urganch tumani Chondirqiyot qishlog‘i Tadqiqotchilar mahallasida joylashgan 23-sonli MTMda bo‘lib, bunda tarbiyachi R.G. va yordamchi tarbiyachi M.A. tarbiyalanuvchilar R.S., M.S., U.Z., S.T. larga nisbatan  turtish, tepish, qulog‘idan tortish, boshiga urish kabi nomaqbul xatti-harakatlar sodir qilgan. Hozirda ushbu fakt bo‘yicha Urganch tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi ushbu munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm bog'cha MTT Urganch tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing