Bolani bog‘chaga joylashtirish uchun elektron navbat ishga tushdi

Jamiyat

image

Kecha, 15 oktyabrdan e’tiboran davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul uchun talabnomalarni elektron tarzda yuborish tizimi qayta ishga tushdi. Bu haqda maktabgacha ta’lim va’zirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tizimga kelib tushgan yo‘llanmalarga elektron generatsiya yordamida ishlov berilganidan so‘ng, qo‘yidagilarni bajarish lozim:

•    Davlat xizmatlari markazi (“Yagona darcha”)da yo‘llanmani olish. Talabnomani my.gov.uz portali orqali yuborgan ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga borib o‘tirmay, yo‘llanmani printer orqali bosib chiqarishlari mumkin;

•    yo‘llanmani 15 kun davomida MTTga taqdim etib, bola qabulini rasmiylashtirishlari talab etiladi. Belgilangan 15 kun o‘tgach, yo‘llanma muddati bekor qilinadi;

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolani bog‘chaga joylashtirish uchun ariza berish xizmati iyul oyida qayta tiklandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga toza suv zaxirasi, tozalovchi va dezinfeksiya vositalari mavjudligini ta’minlagan holdagina ish boshlashiga ruxsat berildi. 


Maqola muallifi

Teglar

MTT

Baholaganlar

325

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing