Shahrisabzdagi bog‘chada bola ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etdi
Jamiyat
−
29 iyul 2022
16138Qashqadaryo viloyatining shahar Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida voyaga yetmagan bola vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 1-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mazkur MTTga qatnamaydigan 2014 yilda tug‘ilgan S.X. singlisi A.X. bilan birgalikda bog‘chaga kelgan. Tayyorlov guruhi tarbiyachisi S.J. S.X. hamda A.X.ning onasining iltimosiga ko‘ra qonunga zid ravishda S.X.ni ham olib qolgan.
Tushlik paytida opa-singil S.X. va A.X. tashkilot hojatxonasiga chiqishgan. Opasi hojatxona ichkarisiga kirgan paytda, singlisi tashqaridan hojatxona eshikni ochib-yopib o‘ynagan. Natijada hojatxona eshigining oynasi sinib, shisha bo‘laklari S.X.ni jiddiy jarohatlagan. Voqeadan xabar topgan tashkilot hamshirasi tezda birinchi yordam ko‘rsatgan. Biroq, S.X.ning jarohati chuqurligi sabab, ko‘p qon yo‘qotish natijasida vafot etgan.
Holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi o‘rganish olib bormoqda.
LiveBarchasi