So‘nggi 4,5 yilda bog‘chaga boradigan bolalar soni qanchaga ortdi?
Jamiyat
−
04 avgust 2021
6770Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi qariyb 35 mln tashkil qilib, shundan 2,8 mln 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud. Bunda aholining yillik o‘sishi 800 ming bolaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi Matbuot kotibi ma’lum qildi.
Shuningdek, 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish bo‘yicha yillar kesimida:
• 2017 yilda 708,247 nafar (27,7%),
• 2018 yilda 932,310 nafar (37,7%),
• 2019 yilda 1,413,290 nafar (52,3%),
• 2020 yilda 1,699,566 nafar (60,9%),
• 2021 yil iyun oyi holatiga 1 760 808 nafar (62,4%) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar MMTlarga qamrab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2030 yilga kelib bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta’limga qamrab olish rejalashtirilgan.
Jumladan, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni yillar kesimida olib qaraydigan bo‘lsak:
• 2017 yilda – 5211 ta;
• 2018 yilda – 7104 ta;
• 2019 yilda – 13530 ta;
• 2020 yilda – 18254 tani tashkil etgan.
Xususan, joriy yilning iyun oyi holatiga ko‘ra esa davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining umumiy soni 19 316 tani tashkil qilmoqda. Shundan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 6 258 tani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari esa 13 058 tani tashkil etgan. Shuningdek, xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 795 tani, davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 1 051 tani, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni esa 11 212 tani tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
• umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari 3-7 yoshgacha;
• maxsus ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari 2-7 yoshgacha;
• bepul majburiy bir yillik maktabga tayyorlov esa 6 yosh bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.
LiveBarchasi