O‘zbekistonda ko‘p xotinlilikni targ‘ib qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Jamiyat
−
05 Sentabr 2023
11099Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodekslariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Unga ko‘ra:
- milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarning boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
- Qonun loyihasi bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
- jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik chorasi kiritilmoqda.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr