O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlar ro‘yxati tuzib chiqildi

Jamiyat

image
Aksilkorrupsiya agentligining kuchi “akula”larga yetadimi? So‘z Burhonovga north_east

Aksilkorrupsiya agentligining kuchi “akula”larga yetadimi? So‘z Burhonovga

O‘zbekiston Jinoyat kodeksi “korrupsiyaga oid jinoyatlar” nomli yangi atama bilan to‘ldirilib, ushbu turdagi jinoyatlar aniq belgilab qo‘yilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura va manfaatdor idoralar tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilangan.

Bosh prokuror o‘rinbosari Bahriddin Valiyevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisidagi nutqida ma’lum qilishicha, ushbu qonun loyihasida Jinoyat kodeksining 8-bo‘limini “korrupsiyaga oid jinoyatlar” nomli yangi atama bilan to‘ldirish taklif qilinyapti va ushbu turdagi jinoyatlarlar aniq belgilab qo‘yilyapti.

Xususan, mansab vakolatini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish, xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik qilish, g‘arazgo‘ylik maqsadida hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi, mansab soxtakorligi jinoyatlari, shuningdek pora olish, pora berish, pora olish-berishga vositachilik qilish va jinoyat faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish va boshqa shu kabi 15 turdagi jinoyatlar korrupsiyaga oid jinoyatlarga kiritilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qonun loyihasida korrupsiyada ayblangan jinoyatchilarga jazoni kuchaytirish va ularga tayinlangan jazoni boshqasiga almashtirish taqiqlab qo‘yilmoqda. Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

333

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing