Aksilkorrupsiya agentligining kuchi “akula”larga yetadimi? So‘z Burhonovga
Jamiyat
−
04 dekabr 2021
14210Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashilayotgani, bu turdagi jinoyatlar fosh qilinayotgani haqida ko‘p va xo‘p aytilyapti. Ammo har qancha harakat qilinmasin mayda-mayda korrupsion jinoyatlar fosh qilinyapti-yu, ammo yirik-yirik "akulalar"ga tegishmayapti. QALAMPIR.UZ jurnalisti Feruza Najmiddinova shu masalada qanday choralar ko‘rilayotganini bilish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentlik direktori Akmal Burhonovga yuzlandi.
“Men fikringizga qo‘shilmayman. Bugungi kunda O‘zbekistonda nafaqat korrupsiyaviy jinoyatlar balki boshqa jinoyatlar uchun ham jazo muqarrar ekani ta’minlanyapti. Kim va qayerda ishlashidan qat’i nazar jazo choralari qo‘llaniladi. Agar aybi borligini bila turib javobgarlikka tortilmasa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga ham javobgarlik choralari ko‘riladi. Misol sifatida, Sardoba voqeasi yoki Jizzaxdagi qurilish bilan bog‘liq holatlarni keltirsak bo‘ladi. Mazkur holatlar ham tekshirildi va jamoatchilikka ochiq aytildi”, deydi Akmal Burxonov.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining so‘zlariga ko‘ra, agentlik tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan va juda ko‘p qonun buzilishlari aniqlangan. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida 44 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Tergovga jalb qilinayotganlar ichida viloyat va tuman darajasidagi rahbarlar ham bor. Albatta, aybsizlik prezumpsiyasi bor. Ish sudga oshirilib hukm chiqqanidan keyin jamoatchilikka e’lon qilamiz. Keyingi yildan boshlab esa korrupsion jinoyatlarni sodir etganlarning ochiq elektron reyestri yuritiladi. Mana shu reyestr ishga tushganidan keyin jamoatchilik qancha korrupsion jinoyat sodir etilgani va u kim tomonidan amalga oshirilib, u shaxs qancha muddatga ozodlikdan mahrum etilgani haqidagi ma’lumotga ega bo‘ladi”, deydi Akmal Burhonov.
LiveBarchasi