O‘zbekistonda koronavirusning yangi antirekordi o‘rnatildi

Jamiyat

image

Bugun, 18 sentyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 50 mingdan oshdi. O‘tgan 8 soat ichida bemorlar soni 259 nafarga ortib, 50 253 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    228 nafari Toshkent shahrida;
•    21 nafari Toshkent viloyatida;
•    10 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 83 yoshli T.M. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 42 yoshli D.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 84 nafar, Namangan viloyatida 51 nafar, Buxoro viloyatida 23 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, 46 527 (+435) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 307 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1822

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing