O‘zbekistonda koronavirusning ikkinchi to‘lqini haqida navbatdagi ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 may kuni AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda O‘zbekistonda kuzatilishi mumkin bo‘lgan koronavirus kasalligining ikkinchi to‘lqini haqida ma’lumot berildi.

Dunyodagi ko‘p davlatlarda virusga chalinishning ikkinchi to‘lqini boshlangani haqida xabarlar tarqalyapti. Bizda ham shunday holat bo‘lishi mumkinmi?

“Biz chet ellik xabkasabalarimiz bilan deyarli har kuni aloqada bo‘lib, tajriba almashib turibmiz. Hozirgi kunda ikkinchi to‘lqin haqida axborotlar yo‘q.

Xitoyning ayrim shaharlari koronavirusdan xoli deb e’lon qilingandan so‘ng yana virusga chalingan bemorlar aniqlangan. Lekin bu — ikkinchi to‘lqin emas. Dunyo olimlari fikriga ko‘ra, koronavirusning bungacha bo‘lgan boshqa turlari kabi COVID-19 ham ikkinchi to‘lqin berishi mumkin, ammo bu jarayon, ularning fikricha, kuzning oxiri — qishning boshida bo‘lish ehtimoli bor. Lekin bu faqat taxmin.

Ikkinchi to‘lqin bo‘lsa ham, insoniyat uning kelishiga tayyorgarlik darajasi birinchi to‘lqinga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi aniq“, deydi Habibulla Oqilov.

Avvalroq, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistonda kasallikning ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1503

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing