O‘zbekistonda koronavirusga oid eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi

Jamiyat

image

Kecha, 21 aprel kuni O‘zbekistonda 51 kishida koronavirus qayd etildi va bemorlarning umumiy soni 1678 nafarga yetdi. Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Namangan va Toshkentda davolangan bemorlarning 96 nafari sog‘aygan. 21 aprel holatiga ko‘ra, koronavirusdan shifo topganlarning umumiy hisobi 357 kishini tashkil etmoqda.

Bu Kecha ilk bor O‘zbekistonda koronavirus kasalligidan bir kunda tuzalganlar soni unga yangi chalinganlar sonidan oshganligidan dalolat beradi. 

Ushbu grafikadagi yashil chiziqlar har kunlik sog‘ayganlar, qizil chiziq esa yangi kasallanganlar sonini anglatadi. 

Sabzirang ustunlar bu - kasallikka har kunlik chalinganlar va sog‘ayganlar o‘rtasidagi balans. Kecha, 21 parel kuni ushbu ustun ilk bor noldan pasaydi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damgacha koronavirusga tekshirilganlar soni O‘zbekistonda 150 mingdan oshdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

642

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing