O‘zbekistonda koronavirusga qarshi ikkita dori aholiga bepul tarqatilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda “Remdesivir”  va “Favipiravir” dori vositalaridan foydalanilyapti. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu dori vositalarining 24 milliard so‘mlik zaxirasi shakllantirilib, ayni paytgacha poliklinikalar orqali 300 ming to‘plam dori qutilari aholiga tarqatilmoqda. 

Vazirlik hozirda jahon tibbiyotida koronavirus infeksiyasidan davolash uchun “Remdesivir”  va “Favipiravir” dori vositalari keng qo‘llanilayotganini ta’kidagan. Hozirga qadar kasallikning boshlang‘ich bosqichidagi bemorlar uchun 17 ming dona (17 ming nafar bemorga mo‘ljallangan) “Favipiravir” va og‘ir holatdagi bemorlar uchun 15 ming dona (2 500 nafar bemorga mo‘ljallangan) “Remdesivir” dori vositasi davolash muassasalariga bepul yetkazib berildi. 

Shuningdek, ayni paytgacha maktab o‘qituvchilari uchun 4 million 715 ming  dona tarkibida koronavirusga qarshi samarali bo‘lgan sink mikroelementi mavjud preparatlar yetkazib berildi.

Davlat rahbari tomonidan har oy shu kabi dori vositalari turkumini respublika shifoxonalariga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.qarshi “Remdesivir”  va “Favipiravir” preparatlar aholiga davlat hisobidan berilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ushbu dori vositalarining 24 milliard so‘mlik zaxirasi shakllantirilib, ayni paytgacha poliklinikalar orqali 300 ming to‘plam dori qutilari aholiga tarqatilmoqda. 

Hozirga qadar kasallikning boshlang‘ich bosqichidagi bemorlar uchun 17 ming dona (17 ming nafar bemorga mo‘ljallangan) “Favipiravir” va og‘ir holatdagi bemorlar uchun 15 ming dona (2 500 nafar bemorga mo‘ljallangan) “Remdesivir” dori vositasi davolash muassasalariga bepul yetkazib berildi. 

Shuningdek, ayni paytgacha maktab o‘qituvchilari uchun 4 million 715 ming  dona tarkibida koronavirusga qarshi samarali bo‘lgan sink mikroelementi mavjud preparatlar yetkazib berildi.

Davlat rahbari tomonidan har oy shu kabi dori vositalari turkumini respublika shifoxonalariga uzluksiz yetkazib berish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Remdesivir” profilaktika, kasallikning yuqishini oldini olish maqsadida ishlatish mumkin bo‘lgan dorilar qatoriga kiritilgan. JSST “Remdesivir”ni koronavirusga qarshi kurashda “umid uyg‘otuvchi” dori vositasi deb atagan. Preparat koronavirus ko‘payishini bloklash xususiyatiga ega ekanligi kanadalik olimlar tomonidan aprel oyida aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

595

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing