O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Kecha, 29 dekabr holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar 830 nafarga yetdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.

O‘zbekistonliklar Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF 2001 vaksinasining III bosqich sinovi doirasida emlanyapti.

29 dekabr kuni vaksina sinovlari davridagi vaksina olgan fuqarolarning soni eng ko‘p qayd etilib, 191 nafar ko‘ngillini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, sinovda 18 yoshdan katta, surunkali kasalliklarga chalinmagan, 5000 ta ko‘ngilli ishtirokchilarni jalb etish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda ko‘ngillilar ro‘yxatini shakllantirish bilan bir qatorda tanlab olingan ko‘ngillilarga 1-doza vaksina bilan emlash ishlari olib borilmoqda. Ko‘ngillilar sinov jarayonida jami uch doza vaksina bilan emlanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu sinov 14 oy davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

350

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing