O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7 000 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89 nafarga oshib, 6990 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqad Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida (shundan 28 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida chegara post orqali O‘zbekistonga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 2 nafar Jizzax viloyatida, 1 nafar Andijon viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafar Surxondaryo viloyatida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4685 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (68 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2286 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 5 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

126

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing