O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6400 nafardan oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 22 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 nafarga oshdi. Bemorlarning umumiy soni 6401 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan bo‘lsa,  1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va 7 nafari Toshkent  viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlandi.

Bugun ayni shu soatgacha Namangan viloyatidagi  davolash muassasasida 7 nafar bemor sog‘ayib, O‘zbekistonda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4384  nafarga yetdi.

Mamlakatda davolanayotgan 1998 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing