O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 5000 ga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 36 nafarga oshib, 4937 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 26 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahrida (shundan 2 nafari xorijdan kelib, qolgan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 2 nafari esa aholi orasida) qayd etilgan.

Ayni paytda mamlakatda 3837 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 1081 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 14 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

231

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing