O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 27 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 243 nafarga oshib, 27 047 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•  215 nafari Toshkent shahrida;

•  28 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan bemorlar, ya’ni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli L.R. (ayol), Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 42 yoshli Sh.X. (erkak) vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 340 nafar, Toshkent viloyatida 181 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 88 nafar, Samarqand viloyatida 87 nafar, Qashqadaryo viloyatida 34 nafar, Surxondaryo viloyatida 20 nafar, Namangan viloyatida 19 nafar, Xorazm viloyatida 12 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 2 nafar, jami 789 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda 18 051 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 831 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekistonda koronavirus

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing