O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar qariyb 57 mingga yetdi
Jamiyat
−
01 Oktabr 2020
13178Bugun, 1 oktyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172 nafarga oshib, 56997 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 115 nafari Toshkent shahrida,
• 26 nafari Namangan viloyatida,
• 11 nafari Andijon viloyatida,
• 9 nafari Jizzax viloyatida,
• 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
• 1 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 53457 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3069 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 563 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi