O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 66 mingdan oshdi
Jamiyat
−
28 Oktabr 2020 9006 1 daqiqa
Bugun, 28 oktyabr kuni O‘zbekistonda 256 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Shu bilan birga, bugun 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 558 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida 281 nafar bemor tuzaldi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 66 200 nafar bemordan 63 446 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 196 nafar bemordan 271 nafari og‘ir, 74 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Live
Barchasi