O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 43 mingdan oshdi
Jamiyat
−
04 Sentabr 2020
11497Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekistonda 278 holatda kasallik qayd etildi. Jami kasallanish holatlari 43 mingdan oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Bugun koronavirus qayd etilganlar soni sog‘ayganlar sonidan ko‘p bo‘ldi. Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 256 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 43 075 nafar bemordan 40 432 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 304 nafar bemordan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi