O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 4000 nafardan oshdi

Jamiyat

image

2020 yil 5 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4007 (+20) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari Buxoro viloyatida (4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan, 1 nafari aholi orasida) 5 nafari Toshkent viloyatida (3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 2 nafari aholi orasida), 4 nafari Qashqadaryo viloyatida (Toshkent shahridagi “O‘rikzor” bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan xodim va u bilan yaqin muloqotda bo‘lgan 3 nafar oila a’zosi) aholi orasida aniqlandi.
 
Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foizi) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda davolanayotgan 744 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

310

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing