O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 32 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
02 iyun 2020
74772020 yil 2 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 32 nafarga oshib, 3750 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi (10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikiston Respublikasidan chegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari Buxoro viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan, 3 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari), 3 nafari Toshkent shahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 2908 (+49) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 827 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi