O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 19 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 986 (+118) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Toshkent shahrida, 31 nafar Samarqand viloyatida, 18 nafari Toshkent viloyatida hamda 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 10 149 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 734 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing