O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 17 mingga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 214 nafarga oshib, 16 966 nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlar:

34 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

76 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

32 nafari Andijon viloyatida;

26 nafari Namangan viloyatida;

21 nafari Sirdaryo viloyatida;

11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

9 nafari Jizzax viloyatida;

5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9 279 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 7 599 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 81 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing