O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 17 mingdan oshdi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
8869Bugun, 20 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183 nafarga oshib, 17 149 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 154 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar, jami 108 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, o‘zbekistonda 9 387 (+108) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 7 672 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi