O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 16 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 172 nafarga oshib, 16068 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 60 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 87 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafardan Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 9003 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6984 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

307

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing