O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorni davolash qanchaga tushyapti? Vazir javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda kasallikdan davolanayotganlar ham, kasallikda gumon qilinganlar ham, karantinda saqlanayotganlarning barchasi bepul, davlat byudjeti hisobidan davolanmoqda, muolajalar olib borilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov 23 aprel kuni tashkil etilgan Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinib davolanayotgan o‘rta ahvoldagi har bemor uchun 32 million so‘mdan mablag‘ sarf qilinmoqda.  Og‘ir ahvoldagi, jonlantirish bo‘limida yotgan har bir bemorlarga o‘rtacha 64 million so‘mdan mablag‘ sarflanmoqda. 

Karantinda bo‘lib turgan fuqarolarning har biri uchun 14 kunlik karantinda davri uchun 2,4 million so‘mdan, koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga olingan har bir bemor tiklanishi uchun 2,8 million so‘mdan sarflanmoqda”, dedi Alisher Shodmonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1716 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 454 nafari davolangan, 7 nafari vafot etgan.  

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

314

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing