O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar haqida ma’lumot olishning oson yo‘li yaratildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus COVID-19ga chalingan bemorlarning epidemiologik marshruti bilan tanishish imkoni yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

COVID-19 bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?

Ushbu savollarga javob berish maqsadida vazirlikning COVID-19 bo‘yicha rasmiy saytiда “Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ hamkorligida yangi funksiya yaratildi. Ya’ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.

Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida “Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti” tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! 

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan ishonchli va to‘laqonli ma’lumot olish uchun 1003 qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilishlari hamda vazirlikning rasmiy sayti va Telegram kanali, COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti, “coronavirusyordam” Telegram bot kanalidan foydalanishlarini tavsiya etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 221 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

335

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing