O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 825 bemori og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda qolyapti

Jamiyat

image

Bugun, 2 oktyabr kuni O‘zbekistonda 486 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, bugun 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 475 nafarga yetdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Jizzax, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida 501 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 57 776 nafar bemordan 54 456 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 845 nafar bemordan 573 nafari og‘ir, 252 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

394

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing