O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 34 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 14 avgust kuni O‘zbekistonda 694 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 667 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, qolgan 27 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1448 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 017 nafar bemordan 28 661 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 84 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 135 nafar bemordan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing