O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 35 mingdan oshdi
Jamiyat
−
16 avgust 2020
16295Bugun, 16 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 35 109 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining, 149 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Buxoro viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 30 664 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (87 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 4215 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi