O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 13 mingga yaqinlashmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 149 nafarga oshib, 12855 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 45  nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 28 nafari Andijon  viloyatida ( shundan 11 nafari  koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 17 nafari esa aholi orasida)  76 nafari Toshkent shahrida aholi orasida  aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar O‘zbekistonda 7723 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar ( 60 foiz) sog‘aydi. 

Hozirda mamlakatda 5073  nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made