O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar 300 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Bugun, 28 avgust kuni O‘zbekistonda 376 holatda kasallik qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Jami qurbonlar soni 300 nafardan oshdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida jami 747 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 40 823 nafar bemordan 37 947 nafari sog‘aydi. Ta’kidlash joizki, shifokorlarning fidokorona mehnati tufayli pandemiya davrida birinchi marta o‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizgacha ko‘tarildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2573 nafar bemordan 301 nafari og‘ir, 131 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing