O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 240 nafarga yetdi
Jamiyat
−
20 aprel 2020
5472Toshkentda yana 2 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
“Poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 2 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlardan biri 19 yoshli qiz Toshkent shahridan bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ikkinchi bemor esa Rossiyadan charter reys orqali Toshkentga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi aniqlangach, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. So‘nggi tekshiruvlar ushbu bemorlarda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatgan.
Shunday qilib, mamlakat bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 240 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning, 5 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi