O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 74 206 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutka davomida 153 kishida virus aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    5 nafari Andijon viloyatida;
•    2 nafari Jizzax viloyatida;
•    8 nafari Farg‘ona  viloyatida;
•    27 nafari Toshkent viloyatida;
•    111 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

•    Andijon viloyatida 5 nafar;
•    Jizzax viloyatida 2 nafar;
•    Farg‘ona viloyatida 7 nafar;
•    Toshkent viloyatida 31 nafar;
•    Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalgan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 71 482 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2113 nafar bemordan 179 nafari og‘ir, 34 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish ko‘rsatkichi joriy yilning 27 oktyabr kuni 96 foizga yetgandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bir foizga oshishi uchun deyarli 1,5 oy vaqt ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing