O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi

Jamiyat

image

Bugun, 3 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 217 nafar bemor sog‘ayib, kunlik rekord yangilandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida yana 2 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 24 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 41 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida yana 18 nafar, 3-son tug‘ruq kompleksida 5 nafar, jami 90 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Avvalroq, Toshkent va Namanganda 127 nafar bemor sog‘aygandi. Umumiy hisobda bugun 217 nafar inson koronavirus infeksiyasida forig‘ bo‘ldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi. Bundan oldingi rekord ko‘rsatkich 27 iyun kuni qayd etilgan bo‘lib, 202 nafar bemor tuzalgan va uyiga kuzatilgandi. 

E’tiborli jihati, bugunning o‘zida Toshkentdagi tibbiyot muassasalarida 212 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forig‘ bo‘lib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 3837 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6251 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

556

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing