O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 73 nafarga ko‘paydi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 49 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Buxoro viloyatida 5 nafar, jami 66 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
 
Poytaxtda tuzalganlarning 52 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 81 yoshli onaxon, yoshi kichigi esa 3 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2342 nafarga yetdi.

Bundan tashqari, Buxoro viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘lganlarning 2 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 40 yoshda, yoshi kichigi esa 28 yoshda. Hozirda ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 472 nafarga yetdi.

“Shunday qilib, bugun kun davomida 73 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4450 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytda shifokorlar O‘zbekistondagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda davolanayotgan 1932 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing